Asosiy kontentga o'tish
MilliySavdo

Production ruxsat

Live kalitlar va haqiqiy buyurtmalar uchun ariza: qaysi ma'lumotlar kerak, ko'rib chiqish jarayoni va tasdiqlangandan keyin nima o'zgaradi.

Nega ariza kerak#

Virtual raqamlar suiiste'mol qilinishi mumkin, shuning uchun live kirishni har bir loyihani ko'rib chiqib beramiz. Odatda bu 1 ish kuni ichida bo'ladi. Ariza davomida sandbox'da ishlashda davom etasiz.

Ariza maydonlari#

MaydonMajburiyIzoh
Loyiha / kompaniya nomiHaYuridik yoki brend nomi
Veb-saytHaLoyiha sayti (https://…)
Integratsiya maqsadiHaKamida 30 belgi: raqamlar nima uchun va qanday ishlatiladi
Kerakli scope'larHaMasalan, orders:write
Kutilayotgan hajmHaKuniga buyurtmalar soni (<100, 100–1000, …)
Telegram usernameYo'qTezkor aloqa; bot orqali tasdiqlash mumkin
Webhook URLYo'qKeyin kabinetda ham qo'shsa bo'ladi
IzohYo'qQo'shimcha ma'lumot, IP allowlist so'rovi va h.k.

Qoralama avtomatik saqlanadi. Yuborishda majburiy maydon to'ldirilmagan bo'lsa, xato aynan o'sha maydon yonida ko'rsatiladi.

Ko'rib chiqish jarayoni#

  1. Qoralama — ma'lumotlarni to'ldirasiz.
  2. Yuborildi — ariza navbatda, endi tahrirlab bo'lmaydi.
  3. Ko'rib chiqilmoqda — moderator loyihani tekshiradi, kerak bo'lsa Telegram orqali bog'lanadi.
  4. Tasdiqlandi yoki Rad etildi — moderator izohi kabinetda ko'rinadi. Rad etilgan arizani tuzatib, qayta yuborish mumkin.

Telegram tasdiqlash (ixtiyoriy)#

Username kiritib Tasdiqlash ni bossangiz, Telegram botiga havola beriladi. Bot egalikni faqat tugmani bosgan Telegram akkauntining username'i kiritilgan username bilan bir xil bo'lsa tasdiqlaydi. Tasdiqlangan akkaunt ko'rib chiqishni tezlashtiradi.

Tasdiqlangandan keyin#

  • ms_live_ kalit yaratish ochiladi.
  • Live buyurtmalar MilliySavdo balansingizdan yechiladi (balansni milliysavdo.uz da to'ldirasiz).
  • SMS 20 daqiqada kelmasa yoki buyurtmani bekor qilsangiz, pul avtomatik qaytadi.
  • Limitlar oshadi, tarifingizga ko'ra discount_percent chegirma qo'llanadi.
{
  "id": "ord_8",
  "object": "order",
  "mode": "live",
  "status": "waiting_sms",
  "phone": "+11930624673",
  "sms_code": null,
  "country": {
    "id": 6,
    "name": "United States",
    "iso_code": "US"
  },
  "service": {
    "code": "907",
    "title": "Telegram"
  },
  "price": {
    "amount": "3842.44",
    "amount_cents": 384244,
    "retail_amount": "4269.38",
    "retail_amount_cents": 426938,
    "discount_percent": "10.00",
    "currency": "UZS"
  },
  "created_at": "2026-10-16T02:13:52.385529Z",
  "expires_at": "2026-10-16T02:33:52.384337Z",
  "completed_at": null
}

Maslahat

Ruxsatsiz live kalit ishlatilsa, 403 live_access_not_granted qaytadi. Arizani kabinetda to'ldiring →