FAQ va muammolarni hal qilish
MilliySavdo API bo'yicha ko'p beriladigan savollar: 401, SMS kelmasa, pul qaytishi, webhook imzosi mos kelmasa va boshqalar.
Har doim 401 olaman#
Header aynan Authorization: Bearer ms_test_… ko'rinishida ekanini, kalit oxirigacha nusxalanganini va kabinetda faol ekanini tekshiring. Javobdagi code aniq sababni ko'rsatadi.
Live kalit 403 live_access_not_granted qaytaryapti#
Production ruxsati hali berilmagan yoki to'xtatilgan. Arizani holatini tekshiring.
SMS kod kelmadi — pul nima bo'ladi?#
20 daqiqada SMS kelmasa buyurtma expired bo'ladi va pul avtomatik qaytadi. Kutmasdan POST /v1/orders/{id}/cancel bilan bekor qilishingiz ham mumkin. Ko'p buyurtmalarda SMS kelmasa, boshqa davlatni sinab ko'ring.
Webhook imzosi mos kelmayapti#
Eng ko'p uchraydigan sabablar: body JSON parse qilinib qayta serializatsiya qilingan (xom baytlardan foydalaning); whsec_ prefiksi olib tashlanmagan yoki base64-decode qilinmagan; noto'g'ri endpoint kaliti (test va live alohida). Tekshirish kodi.
Tarmoq xatosidan keyin ikkita raqam olindi#
Har bir buyurtmaga Idempotency-Key yuboring va qayta urinishda o'sha kalitni ishlating.
429 rate_limited olaman#
Retry-After soniya kuting va backoff qo'llang. Pollingni kamaytiring — batafsil.
409 out_of_stock nima degani?#
Tanlangan davlat/xizmat uchun hozir raqam yo'q. GET /v1/prices?service_code=… dagi in_stock va available maydonlariga qarab boshqa davlatni tanlang.
Webhookni localhost ga yo'naltira olmayapman#
Xavfsizlik uchun faqat ommaviy https:// manzillar qabul qilinadi. Lokal sinov uchun ngrok / Cloudflare Tunnel kabi tunnel ishlating.
Narx nega milliysavdo.uz dagidan farq qiladi?#
amount — siz to'laydigan narx (chegirma bilan), retail_amount — chegirmasiz narx, discount_percent — tarifingizdagi chegirma.
Qanday qilib yordam olaman?#
milliysavdo.uz dagi qo'llab-quvvatlash chatiga yozing va muammoli so'rovning X-Request-Id sini qo'shing (kabinetdagi Statistika → So'nggi so'rovlar da ham bor).